TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yevropa “barcha ma’nolarda” halokatga yaqinlashmoqda, chunki “harbiy ruhiy kasallikdan” voz kechishga tayyor emas. Bu haqda Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.
“Yevropa borgan sari halokatga yaqinlashmoqda, afsuski, barcha ma’nolarda. Hozir ham yanada kattaroq halokatning oldini olish va ko‘plab minglab hayotlarni saqlash qolish mumkin bo‘lardi, biroq buning uchun harbiy ruhiy kasallikdan chiqib olish kerak bo‘lardi. Biroq menda bu bugungi Lyuksemburgdagi YeI mamlakatlari TIV rahbarlari kengashida ro‘y berishi borasida xomxayol yo‘q”, - deb yozdi Siyarto ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Vengriya hukumati Ukrainadagi mojaro tinch yo‘l bilan hal qilishini tarafdorligini aytgan va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi chiqib keladi. Budapesht Ukraina armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berish faqat mojaroni cho‘zishi va uni hal qilishda yordam bermasligini ta’kidlab keladi.