Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 1945-yilning 26-iyun kuni tashkil qilingan edi.
San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda BMT Nizomi 50 ta davlat tomonidan imzolangan edi. Ushbu anjumanni o‘tkazish haqida Stalin, Ruzvelt va Cherchil ishtirokida bo‘lib o‘tgan Yalta anjumanida kelishib olingan edi.
Yalta anjumanida Stalin talabiga ko‘ra, Ukraina va Belarussiya respublikalari ham urushdan eng katta zarar ko‘rgan davlatlar sifatida BMTning alohida a’zosi maqomini olgan edi.
Bugun dunyoning 193 ta davlati BMTga a’zo bo‘lgan.