TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. G‘arb harbiy texnikasi Rossiya qurollarining samaradorligi tufayli Ukraina Qurolli kuchlarini mag‘lubiyatdan qutqara olmaydi, deb yozadi "Atlantic" sharhlovchisi Fillips Peyson O’Brayen.
"Ruslar kattaroq harbiy-havo kuchlariga ega va ularning samolyotlari texnologik jihatdan ukrainaliklardan ustun. Rossiya ham razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun ham, Ukraina kuchlariga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilish uchun ham ko‘p sonli dronlardan foydalanishi mumkin. Rossiyaning Ka-52 kabi vertolotlari Ukraina zirhli texnikasini yo‘q qilishda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi", dedi u.
Bundan tashqari, Rossiya armiyasida ko‘plab artilleriya va raketa otish moslamalari, shuningdek, tankka qarshi samarali tizimlar mavjud, deb qo‘shimcha qildi jurnalist.
Kiyevga G‘arbning zamonaviy texnikasi yetkazilganligiga qaramay, “Leopard” tanklari va “Bradley” jangovar mashinalari yo‘q qilindi.