AQSh siyosati sababli dunyo dollardan voz kechmoqda – XVJ vakili

Rossiyadan Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori: AQShning o‘zi dunyoni dollarga muqobil qidirishga olib kelgan vaziyatni yaratdi
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun – Sputnik AQShning o‘zi dunyoni dollarga muqobil qidirish vaziyatini yaratdi, deydi Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Rossiyadan bo‘lgan ijrochi direktori Aleksey Mojin RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Amerikaliklarning o‘zi dollar o‘rnini bosadigan valyuta qidirish muqarrar vaziyatga olib keldi. Va biz hozir vaziyat kechayotganini ko‘rib turibmiz”, - deydi u.
Xususan, Mojinning aytishicha, ayni paytda dunyoda boshqa milliy valyutalardan, jumladan, Xitoy yuanidan ko‘proq foydalanishmoqda. “Ko‘rib turibmizki, eronliklar ham, braziliyaliklaru saudiyaliklar ham savdo-sotiqni yuanda nafaqat Xitoy bilan, balki uchinchi mamlakatlar bilan ham olib borishmoqda”, - deya ta’kidlaydi u.
Ekspertning ta’kidlashicha, amerikaliklar dollarning taqdiridan ko‘proq tashvishlanmoqda va bu valyutadan voz kechish ancha tez rivojlanyapti.
Mojinning fikricha, dollarning jahon iqtisodiyotida zaxira valyutasi va asosiy to‘lov va jamg‘arma vositasi sifatida o‘ynagan rolining asosiy omili muqobil variantlarning yo‘qligi edi.

“Albatta bu yagona omil emas. Amerikaning harbiy qudrati ham ahamiyatga ega, valyutani himoya qiladi. Amerika iqtisodining hajmi, moliya sektori ham omillardir, lekin baribir asosiysi muqobillarning yo‘qligi”, - deydi ijrochi direktor.

Uning qo‘shimcha qilishicha, dollar milliy valyuta bo‘lib, u “bir davlatning milliy manfaatlari, iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlari uchun” muomalaga chiqariladi. Shuning uchun dunyoda bu qadar keng qo‘llanilishi noto‘g‘ri.