Venesuela Rossiya prezidenti Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Nikolas Maduro Venesuela xalqi va hukumati nomidan “Vagner” guruhi va uning yetakchisi Yevgeniy Prigojinning ison ko‘tarishga bo‘lgan urinishini qoralagan.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan qurolli ison ko‘tarishga bo‘lgan urinishni qoralaydi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda respublika TIV bayonotida ma’lum qilingan.
“Venesuela Bolivarian Respublikasi prezidenti Nikolas Maduro Moros Venesuela xalqi va hukumati nomidan “Vagner” guruhi va uning yetakchisi Yevgeniy Prigojinning Rossiya Federatsiyasida terroristik usullar bilan qurolli isonga ko‘maklashgan irratsional tahdidini qoralaydi”, - deyilgan bayonotda.
“Venesuela Rossiya Federatsiyaning konstitutsiyaviy prezidenti va uning Qurolli kuchlarining oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, - deyilgan TIV xabarida.
Shuningdek, Venesuela Rossiya xalqiga birdamlik bildirgan.
Bir kun avval Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.
Belarus rahbari matbuot xizmati Prigojin Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilganini ma’lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi".
Shundan so‘ng “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin jangchilarini to‘plab, dala lagerlariga qaytib ketishini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatilishi va u Belarusga ketishini ma’lum qildi. Kreml vakili oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi.