TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Prognozlarga ko‘ra, shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi +19...+21, kunduzi +30...+32 daraja bo‘ladi.