TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bugun, 25-iyun kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Ta’kidlanishicha, unda Xitoyning 100 ga yaqin yetakchi kompaniyasining 250 dan ortiq vakili ishtirok etmoqda.
Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
“Forum ikki mamlakat biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish va o‘sish nuqtalarini aniqlash uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Forumda yirik O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari salohiyatini va ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini ochib berishdan iborat.
Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda
© Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tadbir doirasida O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari yangi aloqalar o‘rnatishga, kelgusidagi hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldi.