TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiyaning Moskva viloyatida o‘tayotgan konkur bo‘yicha “Maxima Masters Eurasia league” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
© Press-slujba NOK Uzbekistana
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbayev 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, kichik doira yo‘nalishida kechgan jamoaviy bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Bellashuvlarda quyidagi sportchilar O‘zbekiston sharafini himoya qildi: Nurjan Tuyakbayev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Bekzod Ro‘zmuhammedov, Xurshidbek Alimjonov.