TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir kunda ikkinchi bor Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Putin Lukashenkoga “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasi uchun minnatdorchilik bildirgan.
“Bugun kechqurun soat to‘qqizda Belarus va Rossiya prezidentlari yana telefon orqali suhbatlashishdi. Belarus prezidenti Rossiya prezidentini “Vagner” XHK rahbariyati bilan muzokaralar natijalari haqida xabardor qildi. Rossiya prezidenti qo‘llab-quvvatladi va belaruslik hamkasbiga bajarilgan ish uchun minnatdorchilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Belarus rahbari matbuot xizmati Prigojin Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari harakatlanishini Rossiya hududida to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, “stol ustida vaziyatni hal etishning mutlaqo foydali va maqbul varianti turibdi.” Bu “Vagner” XHK jangchilari uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Shundan so‘ng “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin jangchilarini to‘plab, dala lagerlariga qaytib ketishini ma’lum qildi.
O‘tgan tunda Rossiya Federal xavfsizlik (FXX) ijtimoiy tarmoqlarda Yevgeniy Prigojin nomidan tarqalayotgan va “Vagner” XHK qismlariga Mudofaa vazirligi zarba bergani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligi va axborot provokatsiyasi ekanini ma’lum qildi. Rossiya FXX Tergov boshqarmasi Prigojinga qarshi Jinoyat kodeksining 297 moddasi bilan (“Qurolli ison tashkil etish”) jinoiy ish ochgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida ison ko‘tarishga uringanlarning hammasi jazolanishi, qonun va xalq oldida javob berishini ma’lum qildi.