TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlar chog‘ida Anqara vaziyatni hal qilishga hissa qo‘shishga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Suhbat chog‘ida Rossiyadagi so‘nggi voqealar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, muloqot davomida Erdog‘an “biz Turkiya sifatida tinchlik va osoyishtalik sharoitida voqealarning tezroq hal etilishiga hissa qo‘shishga tayyormiz”, deya qayd etgan.
Erdo‘g‘on Putinga Turkiyaning Rossiyadagi vaziyatni tartibga solishga hissa qo‘shishga tayyorligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilganini aytgan edi.