TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi AQShga Koreya yarim orolidagi faollik uchun javob qaytarish bilan tahdid qildi. Bu haqda RIA Novosti Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligiga tayanib xabar berdi.
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligining AQSh ishlari bo‘yicha departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilarni himoya qilish bahonasida o‘z strategik aktivlarini joylashtirishni kengaytirsa va “aniq tajovuzkor xarakterdagi” harbiy mashg‘ulotlar qanchalik ko‘p o‘tkazsa, xavfsizlikka tahdid shunchalik real bo‘lishini bilishi kerak.
“Biz qattiq ogohlantiramizki, agar biz Koreya yarim orolida va mintaqada AQShning kuchaygan harbiy chora-tadbirlari soni va provokatsiyalari darajasi ortib borayotganini ko‘rsak, KXDRning qarshi choralari ko‘lami va harakatlari yanada og‘irroq va tajovuzkor bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
TIVning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar KXDR milliy manfaatlarini mensimaslik, Shimoliy Koreyaga tahdid soluvchi harakatlarni to‘xtatmaslik va Pxenyanga qarshi siyosatni yo‘q qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rmasdikda davom etar ekan, u holda KXDR tomonidan o‘zining “qonuniy mudofaa huquqi”ni amalga oshirishda hech qanday to‘sqinlik yoki nazorat bo‘lishi mumkin emas.