TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Prezident Vladimir Putinga "Vagner" Xususiy harbiy kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin atrofida yuzaga kelgan vaziyat haqida ma’lumot berildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib xabar berdi.
"Prezident Putinga Prigojin atrofidagi barcha voqealar haqida ma’lumot berildi. Kerakli choralar ko‘rilmoqda", — dedi Peskov.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari qurolli qo‘zg‘olonga urinish bo‘yicha ularga berilgan ko‘rsatmalardan so‘ng ko‘rilgan choralar haqida prezident Vladimir Putinga kechayu kunduz hisobot berib turadi.
“Mudofaa vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Rossiya gvardiyasi kechayu kunduz doimiy ravishda prezidentga ilgari berilgan topshiriqlarni bajarish doirasida ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot bermoqda”, deydi Peskov.
Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) "Vagner" Xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariga qarshi isonga da’vat tufayli jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi. Departamentning ta’kidlashicha, guruh asoschisi nomidan tarqatilgan barcha bayonotlar hech qanday asosga ega emas.