Putin O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi

Peskov: Putin Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarini vaziyatdan xabardor qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Vladimir Putin O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan telefon orqali muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Prezident vaziyat haqida suhbatdoshlarini xabardor qildi”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) "Vagner" Xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariga qarshi isonga da’vat tufayli jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi. Departamentning ta’kidlashicha, guruh asoschisi nomidan tarqatilgan barcha bayonotlar hech qanday asosga ega emas.
Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarga chegaradosh hududlarga bormaslikni tavsiya qildi
Bugun Rossiya yetakchisi tomonidan yo‘llagan murojaatda "hozirgi vaziyatda Rossiya xiyonatga duch keldi, haddan tashqari ambitsiya va shaxsiy manfaatlar xiyonatga olib keldi", deya qayd etildi.