Putin harbiy holat yuzasidan yangi qonun imzoladi — batafsil

Harbiy holatni buzganlik uchun 30 sutkaga qamoqqa olishga ruxsat berildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy holatni buzganlik uchun 30 sutkaga qamoqqa olishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3.9-moddasi 1-qismi (“ma’muriy qamoqqa olish”) “favqulodda holat” degan so‘zlardan keyin “harbiy holat” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
Shuningdek, 20.51-modda "Harbiy holatni buzish" ham qo‘shiladi.
Agar ushbu harakatlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan qilmishni o‘z ichiga olmasa, fuqarolarga besh yuzdan ming rublgacha ma’muriy jarima solishga yoki o‘ttiz kungacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Mansabdor shaxslarga - mingdan ikki ming rublgacha yoki o‘ttiz sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish nazarda tutilgan.
Bunday holda, transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan harakatlar uni musodara etishga sabab bo‘ladi.