MDH yoshlari Oliy Majlis Senatida bo‘lishdi — foto

MDH yoshlari va Senati raisi Tanzila Narbayeva hamda parlament a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kelgan yuzga yaqin maktab o‘quvchilari va ularning ustozlari Oliy Majlis Senatida bo‘ldi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Respublikada MDH ishtirokchi davlatlarining “Hamdo‘stlik bolalari” 8-xalqaro madaniy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tanzila Narbayeva
Forum doirasida Senati raisi Tanzila Narbayeva hamda parlament a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Senat Raisi yosh mehmonlarni qutlar ekan, ushbu muhim xalqaro forumni O‘zbekistonda tashkil etish va o‘tkazish katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Tanzila Narbayeva va Hamdo‘stlik bolalari
“Har bir davlat delegatsiyasi Hamdo‘stlik davlatlaridan kelgan tengdoshlari bilan muhokama qilish uchun turli taqdimotlar, g‘oya va takliflar bilan puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda yetib keldi. Umid qilamanki, bunday muloqot yoshlar manfaatlariga mos keladigan yangi tashabbus va g‘oyalarni ilgari surish imkonini beradi, – dedi Tanzila Narbayeva.
Jonli tarzda o‘tgan muloqot davomida forumning ishtirokchilari Senat Raisiga turli mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5