Ison tashkilotchilari Rossiyaga xiyonat qilishdi: Putinning asosiy bayonotlari

Putin: Hozirgi vaziyatda Rossiya xiyonatga duch keldi, haddan tashqari ambitsiya va shaxsiy manfaatlar xiyonatga olib keldi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ison tashkilotchilari Rossiyaga xiyonat qilishdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Putin murojaatidagi asosiy bayonotlar:
️Rossiya bugun neonatsistlar va ularning xo‘jayinlarining tajovuzini qaytarmoqda, o‘z kelajagi uchun qattiq kurash olib bormoqda.
️Xalq taqdiri hal etilayotgan bu jang barcha kuchlarni birlashtirishni, birdamlikni, jipslashishni, mas’uliyatni talab etadi.
️Birlikni buzadigan amallar, aslida, o‘z xalqidan, frontda jang qilayotgan jangchi safdoshlaridan murtadlikdir. 1917-yilda Rossiyaga aynan shunday zarba berilgan, keyin hammasi Fuqarolar urushi fojiasi bilan yakunlandi.
️Hozirgi vaziyatda Rossiya xiyonatga duch keldi, haddan tashqari ambitsiya va shaxsiy manfaatlar xiyonatga olib keldi. Qasddan xiyonat yo‘liga kirganlarning hammasi muqarrar jazoga tortiladi, qonun oldida ham, xalq oldida ham javob beradi.
️Qurolli Kuchlar va boshqa davlat organlariga kerakli buyruqlar berilgan, Rostov-Donuda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘riladi. Ison tashkilotchilari Rossiyaga xiyonat qilishdi va buning uchun javob beradilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin murojaat yo‘lladi. Murojaat Yevgeniy Prigojin nomidan "Vagner" Xususiy harbiy kompaniyaning orqa lagerlariga "zarba berish" haqida tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan bo‘ldi.