Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘mondoni Rossiya armiyasi UQK harakatlanishini oldindan bilayotganini tan oldi

Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonining ta’kidlashicha, Rossiya =arbiylari bartaraf etish g‘oyat qiyin bo‘lgan mustahkam mudofaani qurmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari mustahkam mudofaani qurib, Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) bir joydan boshqa siljishini oldin bilib olyapti. Bu haqda Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandir Sirskiy “Guardian” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Dushman siljishimizning eng xavfli yo‘nalishlarini oldindan bildi va bilib olishda davom etapti va uni bartaraf etish g‘oyat qiyin bo‘lgan mustahkam mudofaani qurmoqda”, - dedi Sirskiy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ukrainalik generalning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishmoqda, ularga yetarlicha baho bermaslik mumkin emas.
Sirskiy frontning oldingi chizig‘ida Ukraina armiyasi uchun qiyin vaziyat yuzaga kelganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.
Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari uchun dahshatli ssenariy tayyorlamoqda — OAV