TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Xerson viloyatining Genichesk shahri markaziga Ukraina Qurolli kuchlari raketa bilan zarba berishi oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Bir qavatli turar joy binosi jiddiy vayron bo‘lgan. Hodisa joyida halok bo‘lgan ikki kishining jasadi bor. Tegishli xizmat xodimlari ish olib borishmoqda.
Avvalroq Xerson viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vladimir Saldo Ukraina Genichesk va Skadovskka to‘rtta “Storm Shadow” raketasi bilan zarba berganini taxmin qilgandi.