Qaysi hududda yomg‘ir yog‘adi — O‘zbekistonda 23-iyun uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, bugun respublikaning 3 ta hududdida qisqa muddali yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Bugun Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati va tog‘li hududlarda qisqa muddali yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda kechasi +22-24 daraja iliq, kunduzi +34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddali yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarida shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi .
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi +22-27 iliq, kunduzi +36-41 daraja issiq bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida esa harorat +42-44 darajagacha isiydi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi +19-24 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +13-18, kunduzi +23-28 daraja iliq bo‘ladi .