TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Nukusda 71 yoshli ayol bakalavr darajasini oldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ta’lim olib, o‘qishni tugatganlar ichida 71 yoshli Chinnigul Do‘stxo‘jayeva ham bor.
Nukusda 71 yoshli ayol bakalavr darajasini oldi
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan
Chinnigul opa filialning “Soz asbob ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishining bakalavr bosqichini tamomladi.
Nukusda 71 yoshli ayol bakalavr darajasini oldi
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan
“Armonim oliy ma’lumotli bo‘lish edi. Mana armonimga yettim. Hayotimning 50-yilini san’at sohasiga bag‘ishladim. Endigi armonim magistratura bosqichiga o‘qishga kirish", — deydi Chinnigul Do‘stxo‘jayeva.
Nukusda 71 yoshli ayol bakalavr darajasini oldi
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan
2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 8 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 127 nafar talaba tamomladi. Ular davlat attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga erishdi.