TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti sohalaridagi yangilanishlar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Respublikada Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning borishi hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.