Andijon viloyati hokimi Hasanboy Do‘smatovga uy sovg‘a qildi

Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qildi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovga uy sovg‘a qilindi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov Andijon viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qildi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy 1-14 may kunlari o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.