O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovichning dasturi.
Sputnik
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod dasturining asosiy maqsadi – mamlakatimizda ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishdir.
Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovichning tarjimai holi
Ijtimoiy adolat – bu har bir shaxsninguy-joy, kommunal xizmatlar, zamonaviy ta’lim va malakali tibbiy yordam, madaniyatva sport, munosibish haqi olishga bo‘lgan huquqlarini adolatli va teng ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish.
Ijtimoiy tenglik – bu huquqlarning tengligi, ushbu huquqlardan foydalanishda hamma uchun teng imkoniyatlar hamda ijtimoiy, mulkiyholati va daromad darajasidan qat’i nazar, qonun oldida barchaning tengligi.
Xalq hokimiyatchiligi – bu barcha fuqarolarning, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlarining vakillik demokratiyasi institutlari orqali ham, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari orqali ham jamiyat va davlat hayotida ishtirok etishlarini ta’minlash.
2023 yil 30-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston “ijtimoiy davlat”degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlandi va shunga muvofiq, davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari uch baravarga oshdi.
Ilk bor davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklandi. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.
Birinchi marotaba fuqarolarning uy-joyli bo‘lish huquqi va uy- joy qurilishi davlat tomonidan rag‘batlantirilishi, yoshlarimizning oliygohlarga tanlov asosida davlat granti hisobidan o‘qish kabi huquqlari qat’iy belgilandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xalq demokratik partiyasi tomonidan saylovoldi dasturdagi asosiy maqsad sifatida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan davlatning ijtimoiy majburiyatlarini samarali amalga oshirish mexanizmlarini belgilash hamda demokratik ijtimoiy davlatni barpo etish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlar taklif etiladi.

I. Kuchli ijtimoiy siyosat – ijtimoiy davlatchilik poydevori, barqaror jamiyat va farovon turmush asosi

Davlat aholi manfaatlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi lozim, deb hisoblaymiz. Mazkur yo‘nalishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
aholining ehtiyojmand qatlamlarining yashash sharoitlarini yaxshilash;
har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash maqsadida “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga g‘amxo‘rlik qilish;
yoshlarning kasb-hunar tanlashi, bepul ta’lim olishi, o‘quv muassasalarini tugatgandan so‘ng ishga joylashish kafolatini mustahkamlash;
barcha fuqarolar uchun adolatli davlat pensiya ta’minoti tizimini joriy qilish, shu jumladan, er yoki xotini vafot etganda hamda vafot etgan shaxs ko‘proq pensiya olgan taqdirda, ushbu pensiyani uninghayot bo‘lgan turmush o‘rtog‘iga o‘tkazib berish (pensiyani almashtirish) tartibini joriy etish;
pensiya va ijtimoiy nafaqalar insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yetarli bo‘lishiga erishish.
Biz, ijtimoiy himoya qilish tizimi barcha muhtoj fuqarolarni to‘liq qamrab olishi zarur, deb hisoblaymiz. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish;
ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni, ayniqsa, ishsiz ayollar sonini keskin kamaytirishga, fuqarolarni kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldini olishga yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralarini ko‘rish;
kam ta’minlangan, lekin, boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolarni jamiyatimizning faol ishtirokchisiga aylantirish;
yolg‘iz keksalar,ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlariga e’tiborni kuchaytirish;
ehtiyojmand shaxslarga ajratilayotgan moddiy-ijtimoiy yordam mablag‘larining manzilli va maqsadli yetib borishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning talab va ehtiyojlari, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, quyidagi choralarni ko‘rish zarur:
milliy qonunchilikni BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha konvensiyaning tamoyillari va meyorlariga to‘la muvofiqlashtirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid xalqaro meyorlar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;
mamlakatimizda BMTning Nogironlarga nisbatan umumjahon harakatlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlarni kengaytirish va rivojlantirish.

II. Arzon uy-joy va sifatli kommunal xizmatlari – odamlarning hayot sifatini yaxshilashning muhim omili

Mamlakatimizda “mehribonlik” uylarining bitiruvchilarini, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, kam ta’minlangan oilalarni, ayniqsa, alohida yordamga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, ularga subsidiyalar berish, uylarning dastlabki badallarini to‘lab berish, imtiyozli va uzoq muddatli ipoteka kreditlar berish kabi ma’lum bir choralar ko‘rilmoqda. Bu shaxsning ijtimoiy barqarorligi va hayotdan rozilik darajasini oshiradi. Shu bilan birga amalga oshirilayotgan ishlar tizimli kengaytirilishi kerak, deb hisoblaymiz.
Biz kambag‘allarga jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada ko‘paytirish tarafdorimiz.
Ushbu masalanihal etishda quyidagilarni amalga oshirish lozim:
mamlakatimizda zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
kam ta’minlangan aholi uchun arzon uy-joy qurishga imtiyozli ipoteka krediti berish amaliyotini yanada kengaytirish, ushbu masalani qonun darajasida tartibga solish;
“Uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
turar-joylarni qurishda jalb qilingan aholi mablag‘larini himoya qilish kafolatlarini yaratish maqsadida “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush qo‘shgan holda qurishda ishtirok etish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
aholini arzon elektr-energiya, issiqlikva issiq suv tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, joylarda davlat-xususiy sheriklik tartibida dasturlarni amalga oshirish;
kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni yanada kuchaytirish;
shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar o‘yingohlarini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning dam olishi uchun sharoitlarni yaxshilash;
jamoat transporti bekatlari va transport to‘xtash joylarida velosipedlar uchun xavfsiz va himoyalangan maxsus joylar qurish.

III. Kafolatli va sifatli tibbiy yordam – inson salomatligi garovi

Birlamchi tibbiy yordam sifati, ayniqsa, kam ta’minlangan aholiga malakali birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yo‘nalishlar, deb hisoblaymiz:
fuqarolarning sog‘lig‘inisaqlash huquqini ta’minlash maqsadida birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, profilaktik choralarni kuchaytirish;
tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy qilish va tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, shifokorlar tomonidan dorilarni tayinlashda elektronretsept tizimiga o‘tish va sohada qat’iy davlat nazoratini o‘rnatish;
farmatsevtika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, yangi dori vositalarini sinovdan o‘tkazishva ruxsat berish tartib- taomillarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablari asosida takomillashtirish;
“Dori-darmonlarva tibbiy vositalar narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish;
aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda aholi, onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etish choralarini ko‘rish;
aholining alohida toifalari, jumladan, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga taqdim etiladigan dori vositalari, protezlash vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

IV. Yoshlar ta’limi – millat kelajagi va yurtimiz raqobatbardoshligining garovi

Bilim insonni komillikka ko‘tarish bilan birga, u yashayotgan jamiyat va mamlakatni ham yuksaltiradi. Insonda bilim va intellekt ta’lim natijasida shakllanadi. Shu bois davlat fuqarolarning ta’limga oid huquqlarini amalga oshirishni o‘z zimmasiga olishi eng asosiy vazifadir.
Ta’limda aholining barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratish uchun quyidagi choralarni ko‘rish zarur:
bolalarni maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, buning uchun davlat yangi bog‘chalarni qurish, mavjudlarini ta’mirlash, davlat, davlat-xususiy sheriklikdagi bog‘chalarni ko‘paytirish;
bog‘cha va maktablarda bolalarning xavfsizligi va salomatligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan tarbiya, ta’limning yuqori sifati va mazmundorligini ta’minlash;
maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportlaridan foydalanishda tabaqalashgan tariflarni joriy qilish;
ta’lim biz uchun hayot-mamot masalasi ekanligini chuqur anglagan holda jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va tadbirkorlik subyektlarining foyda solig‘ining amaldagi stavkasi doirasida bir foizini “maktab solig‘i” sifatida ajratish, ushbu mablag‘ni maktabgacha ta’lim va maktabni rivojlantirish uchun yo‘naltirish;
maktablar o‘quv dasturlarida chet tillari va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish;
davlat hisobidan oliy ta’lim olish tizimini takomillashtirish, kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini ta’limolishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
talabalarning darsni o‘zlashtirishi va ularning innovatsion faoliyatda ishtirokiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilash;
turar-joy ijarasi uchun kompensatsiya tizimini doktorantlarga nisbatan ham joriy etish;
olis qishloqlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan madaniyat muassasalari, sport inshootlari, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san’at maktablarining faoliyatini yanada rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish, ularga ma’naviy-ma’rifiy sohada teng imkoniyatlarni ta’minlash. Inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga imtiyozlar taqdim etish;
kutubxonalardan foydalanish imkoniyatini oshirish, ularni barcha uchun foydalanish erkin bo‘lgan axborot-madaniy markazlarga aylantirish.

V. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti – barqaror taraqqiyot va ijtimoiy farovonlik asosi

Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun yetarli iqtisodiy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, raqobatni himoya qilish, shu bilan birga, inflyatsiya va ishsizlikni bartaraf etish davlatning muhim vazifalarini tashkil etadi.
Biz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tarafdorimiz. Iqtisodiy siyosatning ijtimoiy samaradorligini ta’minlashda quyidagilarni ustuvor vazifalar, deb hisoblaymiz:
iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini saqlab qolish;
xususiylashtirishning huquqiy asoslarini va davlat mulkining qiymatini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;
milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash, mahalliy investorlarga ham xorijiy investorlarga berilganidan kam bo‘lmagan imtiyozlar berish;
qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etish, bunda miqdori qonun bilan belgilangandan yuqori uy-joy, avtotransport yoki boshqa mol-mulk mulkdorlaridan ushbu soliqning undirilishini nazarda tutish;
Internet, ijtimoiytarmoqlar orqali tijoriy faoliyat, reklama bilan shug‘ullanib, o‘rtacha oylik nominal ish haqidan yuqori foyda ko‘rayotganlardan barcha ishchi-xodimlar qatori daromad solig‘i undirish tizimiga o‘tish;
mamlakatning iqtisodiy qudrati, eng avvalo, kafolatlangan budjetga bevosita bog‘liqligini inobatga olib, undiriladigan barcha to‘lovlarni (jarima, davlat boji, yig‘im, boshqa majburiy undiruvlar) Davlat budjetiga yo‘naltirish tartibini joriy etish;
barqaror ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish, mehnatga layoqatli aholining shaxsiy tashabbuslari va uddaburonligini rag‘batlantirish;
fuqarolarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, ularni ishsizlikdan himoya qilish, fuqarolarning kasbiy tayyorgarligi, qayta tayyorlanishini tashkil etish va rag‘batlantirish;
aholini ish bilan ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan sohalarni hamda o‘zini o‘zi band qilgan deb hisoblanadigan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish;
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega va innovatsion ilg‘or texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirish maqsadida samarali moliyaviy va soliq imtiyozlarini qo‘llash;
o‘zini-o‘zi band qilish va xususiy tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar hisobidan mehnatga layoqatli aholining barqarorish o‘rinlarida bandligini ta’minlashga erishish.
Biz iqtisodiyotda davlatning asosiy tartibga soluvchilik rolini kuchaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bunda:
hududlarning barqaror rivojlanishi uchun davlat daromadlarini teng va adolatli taqsimlash, hududiy dasturlarni amalga oshirish uchun davlat budjeti, boshqa ichki va tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish;
umumxalq ahamiyatiga ega iqtisodiyot tarmoqlarining boshqaruvida davlat ishtirokini mustahkamlash;
davlat ulushi bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibiga jamoatchilik vakillarini ham kiritish orqali ularning shaffofligini yanada oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyojdagi boshqa tovarlarni ishlab chiqarish sohasida davlat tomonidan tartibga solish choralarini qonuniy jihatdan mustahkamlash;
import o‘rnini bosadigan ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha asosli biznes-loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlarni joriy etish lozim.
Ichki bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlar bilan to‘ldirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biridir.
Mahalliy hokimliklar darajasida hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlar hamda kundalik zarur tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rta muddatli hududiy dasturlarni shakllantirish va tasdiqlash lozim. Mazkur dasturlarni hududlarda ish o‘rinlari tashkil etishga doir davlat buyurtmalari hamda o‘rta maxsus, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga muvofiqlashtirish zarur.
Hududiy rivojlantirish dasturlarida mahalliy sanoatning o‘sishi bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samaradorligini oshirish, bu borada yer va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratishlozim. Bunda:
qishloq xo‘jaligida natijadorlikni oshirish imkonini beradigan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy qilish, shu asosda oziq- ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barqarorva samarali tizimini yaratish;
qishloq infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va texnologiyalarini rivojlantirishga sarmoya kiritishni ko‘paytirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari hamda qayta ishlash korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobatni oshirish, bozorni sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash.
Ushbu vazifalarni hal qilish orqali quyidagi maqsadlarga erishamiz:
ichki bozorni arzon oziq-ovqat mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar bilan to‘ldirish, ushbu mahsulot va tovarlar narxlari keskin o‘sib ketishini oldini olish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlash korxonalarida barqaror va yuqori haq to‘lanadigan yangi ish o‘rinlari yaratish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash samaradorligini oshirish.
Biz iqtisodiyotni liberallashtirish va erkin bozor munosabatlari jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga erishish kafolatini bermaydi, deb hisoblaymiz. Shu bois davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni muvofiqlashtirish hamda tartibga solish bo‘yicha demokratik tizimni shakllantirish lozim. Bunda:
iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha barcha jabhalarda ijtimoiy muloqot va jamoat nazorati mexanizmini joriy etish. Ushbu jarayonlarni aholining barqaror, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarida bandligini oshirish, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarishning ekologik tozaligini ta’minlash bilan uyg‘unlikda olib borish;
yurtimiz aholisi har yili qariyb bir millionga ko‘paymoqda, bu davlat oldiga yangi maktablar va kasalxonalar, ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish majburiyatini qo‘yadi. Yangilangan Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy davlat maqomi va u bilan bog‘liq ijtimoiy majburiyatni to‘laqonli bajarish uchun davlat o‘z xarajatlarini sarflash tizimida tubdan o‘zgarish qilishi lozim. Asossiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaydigan, “Davlat budjeti – xalq mablag‘i” tamoyili asosida uning sarf-xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim.

VI. Tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligi – tenglik muhiti va teng imkoniyatlar yaratadi

Ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarning narxlarini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini qat’iy o‘rnatish lozim. Shu maqsadda quyidagi choralarni ko‘rish zarur:
ishlab chiqarish sohasida davlat tomonidan tartibga solish chora- tadbirlarini qonuniy jihatdan mustahkamlash;
yuqori ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi sohalarni iste’molchilar manfaati ustunligi nuqtayi nazaridan tartibga solish. Bunda, tartibga solish davlat tomonidan narxlarni yoki ularning eng yuqori (eng past) darajasini o‘rnatish orqali amalga oshirish;
kambag‘allarni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriyqilish;
iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar bilan to‘ldirish.

VII. Ijtimoiy tenglikka va xalq hokimiyatchiligiga asoslangan demokratik boshqaruv

Biz mamlakatda ijtimoiy tenglikka asoslangan xalq hokimiyatchiligi prinsipini mustahkamlash orqali demokratik ijtimoiy davlatni barpo etish tarafdorimiz. Bu aholining barcha, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining davlat, jamiyat hayoti, sud-huquqtizimida tenglik asosida ishtirok etishini ta’minlash demakdir.
Shu bilan birga, barcha insonlarning yoshi, jinsi, nogironligi, millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish zarur.
Ushbu maqsadlarda biz quyidagilarga erishish kerak, deb hisoblaymiz:
ijro hokimiyati tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish mexanizmini joriy etish.
Fuqarolik jamiyati institutlari mamlakatda demokratiya, huquqiy davlat va shaxs erkinliklarini ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Biz mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish tarafdorimiz. Ushbu maqsadda quyidagilarni amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz:
davlat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining bevosita ishtirokini kengaytirish;
davlat funksiyalarini bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyati institutlariga berib borish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tish;
aholi muammolarini hal etishning eng samarali va adolatli shakli sifatida mahalla tiziminiri vojlantirish, ma’muriy, ijtimoiy, ekologik, madaniy va boshqa muammolarni hal etishda uning to‘liq ishtirokini ta’minlash;
siyosiy partiyalar, ularning deputatlik birlashmalarining huquq va vakolatlarini yanada kengaytirish;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklik amaliyotini keng rivojlantirish;
jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda, qonun hujjatlari, davlat boshqaruvi organlari faoliyati natijalarini muhokama etishda fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning bevosita ishtiroki darajasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini mahalliy miqyosda qo‘llab- quvvatlash, tumanlardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini faoliyatini kengaytirish.
Yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning mamlakat siyosiy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Salohiyatli yoshlarga siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tizimida ishlashni rag‘batlantirish zarur.
Davlat organlari faoliyatiga aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni oldindan aniqlash va ularni samarali hal qilish mexanizmlarini keng tatbiq etish zarur. Shu bilan birga demografik jarayonlarni tizimli o‘rganishni yo‘lga qo‘yish orqali, davlatning istiqboldagi ijtimoiy majburiyatlarini aniq belgilab borish tizimini joriy etish tarafdorimiz.

VIII. Sud-huquq islohotlari – qonun ustuvorligini, tenglik va inson huquqlarini ta’minlash garovi

Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud mexanizmlarining maqbulligini ta’minlash, qonun ustuvorligini yanada mustahkamlash, huquqlar, majburiyatlar va imkoniyatlar tengligiga qat’iy amal qilish sud-huquq sohasini isloh etishdagi ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, davlat insonning asosiy,tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlashi va kafolatlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirish zarur:
viloyat, tuman (shahar) darajalarida sudlar raislarining har yili rotatsiya qilish amaliyotini kiritish lozim, ushbu chora sud raislarining boshqa sudyalarga ta’sir qilish imkoniyatini cheklaydi, sudyalar yagona maqomi amalda o‘z tasdig‘ini topishiga xizmat qiladi hamda sud mustaqilligi uchun juda katta turtki bo‘ladi;
odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari o‘rniga hakamlar hay’ati institutini joriy qilish;
ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, sohaviy nazorat organlari (inspeksiyalar) faoliyatini kuchaytirish, ularga vazirliklarning subyektiv ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sohaviy birlashtirish hamda texnik xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida nazorat inspeksiyalarini tashkil etish zarur;
korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish, shu jumladan, davlat boshqaruvini halol kadrlar bilan ta’minlash, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirish;
davlat organlaritomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani bevosita qo‘llagan holda qarorlar qabul qilish, fuqarolarning Konstitutsiya normalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishi uchun sharoit yaratish;
inson sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun fuqarolik qonunchiligiga yetkazilgan zararni qoplashga doir maxsus normalarni kiritish;
fuqarolarning mehnat huquqlarini amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini va mehnat inspeksiyasining rolinioshirish;
kamsitishlarga qarshi qonunchilikda belgilangan meyor va qoidalarning amalda, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga nisbatan to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
kam daromadli fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilishda advokatura va yuridik xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlash, ularga huquqiy yordam va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy maqbul bo‘lgan tizim yaratish, bepul maslahat beradigan yuridik klinikalar tarmog‘ini rivojlantirish;
xotin-qizlarni va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish, vasiylik va homiylik organlarining javobgarligini oshirish;
so‘nggi yillarda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarida insonlar, eng achinarlisi, bolalar o‘limi bilan bog‘liq salbiy holatlar ko‘payib bormoqda, shu munosabat bilan, barcha tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarini xatlovdan o‘tkazib, svetoforlar bilan jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilish lozim.

IX. Ochiqlik va milliy manfaatlar ustuvorligi – konstruktiv tashqi siyosat poydevori

Biz O‘zbekistonning xalqaro mavqeyini mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik asosida hamkorlik va sherikchilikni faol rivojlantirish, yaxshi qo‘shnichilik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tamoyillari asosida, avvalo, Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuskor tashqi siyosat yuritish tarafdorimiz.
Ushbu yo‘nalishda quyidagilarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish zarur, deb hisoblaymiz:
O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi borasidagi ishlarni izchil davom ettirish. Inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, inson huquqlari bo‘yicha muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazish;
mintaqaviy barqaror ijtimoiy rivojlanish, muqobil energetika va zamonaviy tibbiyot sohalarida innovatsion dasturlar hamda loyihalarni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirish;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, Agentlikning mas’uliyatini oshirish.
Tashqi siyosat vazifalarini samarali amalga oshirish maqsadida quyidagi ijtimoiy-siyosiy mexanizmlarni taklif etamiz:
parlamentlararo aloqa institutlarini rivojlantirish, gumanitar, madaniyat, san’at, ilm-fan, sport va turizm, nodavlattashkilotlar hamda partiyalararo aloqalar sohalarida “xalq diplomatiyasi” usullarini qo‘llash;
mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni keng targ‘ib qilish maqsadida xalqaro axborot resurslaridan faol foydalanish.
Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi
Robaxon Maxmudovaning saylovoldi dasturi
Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturi