TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent shahridagi “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasi hududida Mangu olovga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© Sputnik
Marosimda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov, Toshkentdagi Rus uyi rahbari Mixail Vojdayev, respublika rasmiylari, xorijiy diplomatlar, jamoatchilik vakillari, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
© Sputnik
© Sputnik
Bugun xuddi shu yodgorlik majmuasi hududida “Xotira shami” aksiyasi ham o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga urush e’lon qilgan. O‘sha kundan Ulug‘ Vatan urushi boshlangan.