Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu Ukraina katta yo‘qotishlarga uchrab, faollikni susaytirganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozir dushman qo‘shinlarni qayta guruhlash bilan shug‘ullanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) jangovar harakatlarning so‘nggi 16 kuni ichida sezilarli yo‘qotishlarga duch keldi, hozir dushman qo‘shinlarni qayta guruhlash bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“So‘nggi 16 kun ichida faol jangovar harakatlarni o‘tkazgandan keyin, sezilarli yo‘qotishlarga duchor bo‘lib, dushman faollikni pasaytirdi, hozir qayta guruhlash bilan shug‘ullanmoqda”, - dedi Shoygu Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: Ukraina armiyasi uning Rossiya QKga qarshi imkoniyati yo‘qligini tushunadi