Prezident maktablari bitiruvchilari uchun bitiruv kechasi tashkil etildi — foto

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

“Bugungi tadbirni so‘nggi qo‘ng‘iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho‘qqilarni ko‘zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo‘lsin!”, - dedi Hilola Umarova.

Ta’kidlanishicha, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik madaniy tadbirlar tashkil etilgan. Tadbir avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan “Usmon Nosir” nomli sahna asari namoyish etildi.
Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo‘lishdi.