Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Patrushev Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumdagi yo‘qotishlarini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, 4-iyundan 21-iyungacha Rossiya harbiylari dushmanning 246 ta tankini, shu jumladan 13 ta G‘arb jangovar texnikasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ukraina qarshi hujum boshlanganidan beri 13 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 4-iyundan 21-iyungacha Rossiya harbiylari dushmanning 246 ta tankini, shu jumladan, 13 ta G‘arb jangovar texnikasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Kiyevning yo‘qotishlari:
595 ta zirhli texnika va 424 ta avtomobil;
279 ta dala artilleriyasi va minomotlar;
42 ta RSZO va ikkita zenit-raketa tizimi;
o‘nta qiruvchi va to‘rtta vertolot;
264 ta dronnni tashkil etdi.
Patrushevning aniqlik kiritishicha, u turli idoralardan olingan ma’lumotlarni keltirgan.
Kiyevda uzoq gapirilgan qarshi hujum 4-iyun kuni Janubiy Donesk, Zaporojye va Artyomovsk yo‘nalishlarida boshlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari hech qanday yo‘nalishda muvaffaqiyat qozona olmayapti va katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.