Muhtaram vatandoshlar!
O‘zbekiston o‘tgan davrda katta va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu vaqtda butun jamiyat, odamlar hayoti tubdan o‘zgardi, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar O‘zbekistonning har bir fuqarosiga cheksiz faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Eng muhimi, xalqimiz yutuq va muvaffaqiyatlarni o‘z hayotida sezmoqda.
Boshlangan islohotlarga ortga qaytmaydigan, muqarrar tus berish va ularni huquqiy kafolatlash maqsadida 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi. Asosiy Qonunimiz– xalqimiz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning buyuk poydevori bo‘lib xizmat qiladi va kelajakdagi islohotlarning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi yiliga 2 foizga o‘smoqda. 2030 yilga borib prognozlarga ko‘ra, 40 millionga yetadi. Bunday katta davlatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalqqa munosib sharoit yaratish uchun iqtisodiyot ham, boshqaruv ham, ta’lim va tibbiyot ham yangicha bo‘lishi,barcha sohalarda o‘sish, rivojlanish bo‘lishi kerak.
Shu ma’noda, Yangi O‘zbekiston, bu – avvalo inson qadri ulug‘langan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan mam lakatdir.
Yangi O‘zbekiston, bu – sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol insonlar yurtidir.
Yangi O‘zbekiston, bu – global ishlab chiqarish ning muhim va ajralmas bo‘g‘iniga aylangan, kuchli iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatdir.
Yangi O‘zbekiston, bu – fuqarolar va biznes manfaatlari adolatli qonunlar asosida himoya qilinadigan jamiyatdir.
Yangi O‘zbekiston, bu – vatandoshlarimizni mamlakatimizda va xorijda har qanday sha roitda ham himoya qila oladigan, chegaralari ishonchli qo‘riqlanadigan, xavfsiz va barqaror davlatdir.
Erkin va farovon, qudratli davlatni qurishda beshta strategik yo‘nalish yaqin kelajakdagi faoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin tutadi va ko‘p millatli xalqimizning orzu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
I. HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYaTINI RO‘YoBGA ChIQARISh UChUN MUNOSIB ShAROIT YaRATISh
Yangi O‘zbekiston ijtimoiy davlat, deb e’lon qilindi.Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar ko‘paytirildi.
Konstitutsiyaviy qoida va talablardan kelib chiqib, adolatli ijtimoiy siyosatni yuritish – Yangi O‘zbekistonni barpo etishning asosiy omillaridan biri etib belgilangan. Shuning uchun, ta’lim, tibbiyot va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha davlat o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun bu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqamiz.
1.1. Ta’lim tizimi islohotlari
Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta’lim va tarbiya bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratish siyosatimizning eng ustuvor yo‘nalishlari dan biri bo‘ladi.
Birinchidan, 2030-yilga qadar maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplab, qamrovni 100 foizga yetkazish va bog‘chalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni safarbar qilamiz.
Shu maqsadda 7 foizlik stavkada 10 yil mud- datga kredit berish uchun imkoniyatlar yaratilib, ishlab chiqarish korxonalarining bog‘cha qurishga sarf etiladigan xarajatlarini soliqlardan to‘la ozod qilish tartibiishlab chiqiladi.
2030 yilga qadar qo‘shimcha 2 mingta bog‘cha qu rish choralari ko‘riladi.
Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bog‘cha, shu jumladan, xususiy bog‘cha xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.
Bolalarni erta yoshdan boshlab zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘rgatish maqsadida har bir bog‘chani kompyuter sinfi bilan ta’minlash yuza sidan zarur ishlar amalga oshiriladi.
Bog‘cha va maktablarni filtrlangan ichimlik suv hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bi lan to‘liq ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bi- lan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Ikkinchidan, kelgusi yetti yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rnini yaratgan holda ta’lim sifatini tubdan yaxshilashni ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida ko‘ramiz.
Buborada “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini ishlab chiqib, hayotga joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Xususiy ta’limga qo‘shimcha yengilliklar yaratilib, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida maktablar qurishga alohida ahamiyat beriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan to‘liq ta’minlanadi va buning uchun zarur moliyaviy imkoniyatlar yaratiladi.
Chekka hududlarda bepul maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘ramiz.
2030 yilgacha barcha tuman va shaharlarda “Iste’dod – Intilish – Istiqbol” nomli ixti soslashtirilgan maktablar tashkil etish, ularda Prezident maktablaridan kam bo‘lmagan sharoitlarni yaratish yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bu maktablarda ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun 70 foiz kvota ajratish ko‘zda tutiladi.
Kelgusi yetti yilda chet tillarini o‘rgatish uchun barcha maktablarga “til egalari”bo‘lgan o‘qituvchilar jalb qilinib, bu maqsadlarga har yili 200 milliard so‘m mablag‘ ajratish choralari ko‘riladi.
Uchinchidan, oliy ta’lim va ilm-fan tizimlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantiramiz.
Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etish asosiy vazifa bo‘ladi.
Biotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda iste’dodli yoshlarni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuborish bo‘yicha 200 million dollarlik dasturlarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaymiz.
Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga 1 milliard dollar ajratilishi uchun moliyaviy imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
Madaniyat, san’at va adabiyot vakillari, ma’- naviyat sohasi xodimlari, barcha ziyolilarning mashaqqatli va sharaflimehnatini qadrlash va rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarko‘rib boriladi.
1.2. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar
Sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish,aholini tibbiyot tizimidan rozi qilish, o‘rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.
Birinchidan, aholi o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirish choralarini ko‘ramiz.
2030 yilga qadar onalar va bolalar o‘limi, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarni kamida 2 barobarga qisqartirish, onkologik, yurak-qon tomir, diabet, nafas yo‘llari va yuqumli kasal liklar bo‘yicha erta o‘limni esa 2,5 barobarga ka maytirish sohadagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.
Sil bilan kasallanish darajasini keskin kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar ishga soli nadi.
Jigar sirroziga olib keluvchi “gepatit S” ka salligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo‘lga qo‘yish zarur deb hisoblaymiz.
Ikkinchidan, 2030-yilga qadar tibbiyotga budjetdan ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini 2 karra oshirib, uni 6 milliard dollarga yetkazish orqali aholini kafolatlangan tibbiy xizmat bilan qamrab olish darajasini yanada kengaytirishni bu yo‘nalishdagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilaymiz.
Kelgusi yildan birlamchi bo‘g‘in orqali eng ko‘p uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paketni aholiga bepul taqdim etish choralari ko‘riladi.
Tug‘ish yoshidagi va homilador ayollar, bolalar- ga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlari davom ettiriladi.
Shuningdek, 350 ming nafar diabet, 1,5 million nafar yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Har yili yurak nuqsoni bor 5 ming bolani va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish ehtimoli yuqori bo‘lgan 10 ming chaqaloqni bepul davolash rejala rimizdan alohida o‘rin oladi.
Sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi va tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilinadi.
Uchinchidan, onkologik bemorlar davolanishi va sog‘ayib ketishi uchun zarur sharoitlarni yara tib, ularning odatiy hayotga qaytishiga ko‘maklashamiz.
Jumladan, 120 ming nafar onkologik kasalli gi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha sha roitlar yaratibberiladi.
Ehtiyojmand oilalarning onkologik kasalligi bor farzandlarida o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun xarajatlarni to‘liq davlat hisobidan qoplashga zarur moliyaviy resurslar jalb qilinadi.
1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar
Ijtimoiy himoya tizimining vazifasi aholini og‘ir ahvoldan chiqarish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallashiuchun ko‘mak berishdan iborat bo‘ladi. Shu bois, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini to‘liq qayta ko‘rib chiqamiz va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlarni yangi bosqichga olib chiqamiz.
Birinchidan, har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyatini va ijtimoiy xizmatlarni manzilli asosda ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.
Hayotda og‘ir ahvolga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan har bir oila bo‘yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi” yuritish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda, ushbu oilalarda sharoitni yaxshilash, ularga davolash, dorilarni yetkazish, farzandlarini bog‘cha va maktabga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutiladi.
Tumanlarda ijtimoiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatadigan ijtimoiyxizmatlar markazlari, psixolog, huquqshunos, ijtimoiy xodimdan iborat “mobil guruhlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bu sohadagi vaziyatni tub dan o‘zgartiradi.
Bolalarni vasiylikka olish tizimi, vasiylarni tanlash mezonlari va monitoring qilish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish – hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalardan biri bo‘ladi.
Ortopediya, reabilitatsiya, tibbiyot va dori vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zi tanlaydigan, davlat esa pulini to‘lab beradigan tizimni joriy etish bunday shaxslarga keng imko niyatlarni yaratadi.
Protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larni hozirgi 80 milliard so‘mdan 250 milliard so‘mga ko‘paytirish ushbu yo‘nalish daustuvor vazifa bo‘ladi.
Nogironlikni belgilash bo‘yicha hozirgi tibbiy modeldan ijtimoiy modelga o‘tish uchun zarur choralar ko‘riladi. Bunda, ishlash istagidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur sharoitlar yaratiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozo rida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish ularning jamiyatga integratsiyasini yanada kuchaytiradi.
Oilasidagi nogironligi bo‘lgan odamga qarovchi ehtiyojmand insonlarga ish haqi to‘lash tizimini joriy qilish ularning manfaatlariga xizmat qiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni biznesga jalb qilib, daromad topishga o‘rgatgan, ularning mahsulotini realizatsiya qilishga ko‘maklashgan tadbirkorlarga imtiyoz va afzalliklar berish tartibi ishlab chiqiladi.
Uchinchidan, Yangi O‘zbekistonni – ayollari hayotidan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantiramiz.
Hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan mehribon onalarimiz, munis opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizning huquq va manfaatlarini, sifatlita’lim olishini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, gender tenglikmasalalari bundan buyon ham eng asosiy vazifa bo‘lib qoladi.
Qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmati kengaytiriladi.
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Call-markazlar”ni tashkil qilish hayotiy zaruratga aylangan.
Tug‘uruq ta’tilidagi ayollar uchun onlayn ishlash tizimini joriy etish yuzasidan barcha huquqiy asoslar yaratiladi.
To‘rtinchidan, qadrli otaxon va onaxonlarimizning sog‘lig‘ini tiklash, mazmunli dam olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha katta dastur qabul qilamiz.
Yurtimizdagi uch milliondan ortiq nuroniy lar har yili bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, shifoxona va sihatgohlarda davolanishi, ular uchun yurtimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etilishi bo‘yicha barcha sharoitlar yaratiladi.
Keksalarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun oilaviy shifokorlik punktlari va polikli nikalarni qo‘shimcha uskunalar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
“Uch avlod uchrashuvlari”, “Otalar jasorati – ibrat namunasi”, “O‘nta yoshga – bir nuroniy” harakati kabi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kengaytirish yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, biz mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiramiz.
Mehnat qobiliyatini ishga solish orqali 3 million nafar yoshlarni kambag‘allikdan chiqarish asosiy vazifamiz bo‘ladi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid dasturlar kambag‘al aholi bilan birga daromadi past bo‘lgan qatlamlarni ham qamrab oladigan tizimni yaratish adolatdan bo‘ladi.
Tadbirkorlarga ijtimoiy sheriklik asosida kambag‘al toifa uchun bandlik dasturlarini amalga oshirishda qo‘shimcha imtiyoz va rag‘batlarberish tartibini ishlab chiqib, bunga har yili kamida 1 milliard dollar yo‘naltirish bo‘yicha barcha kuch va harakatlarimizni safarbar etamiz.
Oltinchidan, har bir oila o‘z uy-joyiga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratamiz.
Kelgusi yetti yilda 15 milliard dollar hajmidagi mablag‘ni yo‘naltirish hisobiga qo‘shimcha 1 million xonadonli uy-joylar qurilishi – asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Qurilish-pudrat tashkilotlari hamda aholiga arzon va uzoq muddatli kreditlar taqdim etish tartibi ishlab chiqiladi.
II. BARQAROR IQTISODIY O‘SISh – AHOLI FAROVONLIGINI TAЪMINLAShNING MUHIM OMILI
2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobar ko‘paytirib, 160 milliard dollarga yetkazish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshirish asosiy strategik maqsadlarimizdan biri bo‘ladi. O‘zbekiston “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.
Birinchidan, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish va bu orqali mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ramiz.
Kelgusi yillarda:
Olmaliqda 3 ta mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodi;
Ohangaron misniqayta ishlash klasteri;
Navoiy, Qo‘ng‘irot va Qorako‘ldayirik kimyo-polimer klasterlari;
Toshkent va Navoiy viloyatlarida fosforit xomashosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonasi;
Tebinbuloq va G‘allaorolda temir ishlab chiqa rish majmualari kabi strategik mega loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy ishlar olib boriladi.
2030 yilgacha yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltinni – 1,5 karra, kumushni – 3 marta, uranni 3 barobar oshirish bo‘yicha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘lishi uchun 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalarini ishga tushirish va ishlab chiqarish hajmini yiliga 1 million donaga yetkazish asosiy vazifa bo‘ladi. Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkazilishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Ikkinchidan, tashqi bozorlarga chiqish xarajatlari yuqori ekanini inobatga olib, ilmga asoslangan, yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytiramiz.
Tashqi bozorlarga chiqish uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish muhim maqsadlarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 1 milliard dollar ajratish orqali mamlakatimizda yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishangi bosqichga olib chiqiladi.
2030 yilga qadar:
50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalarini tashkil qilish;
tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish;
har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalarini tashkil etish;
“IT” xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish;
eksport hajmini 2 barobar oshirib, 45 milliard dollarga yetkazish ustuvor vazifa bo‘ladi.
Uchinchidan, butun dunyoda tez rivojlanayotgan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni ken gaytiramiz.
2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini 25 ming megavattga, ularning ulushini hozirgi 14 foizdan 40 foizga yetkazishga alohida ahamiyat beriladi.
2024 yildan boshlab sanoatda “yashil sertifikat”lar bozori yaratiladi.
Avtobuslarni to‘liq ekologik toza elektr yoki gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalar hal etiladi.
Barcha yangi uylar va asbob-uskunalarga energiyani tejash bo‘yicha talablar joriy etiladi.
Iqtisodiyotda energiya samaradorligini 2 karra oshirish uchun zarur sharoitlar yaratila di.
Bunda, 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlarini barpo etish rejalashtirilib, aniq dasturlar asosida amalga oshiriladi.
To‘rtinchidan, biznes va aholi ehtiyojidan kelib chiqib, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilamiz.
Yo‘l-transport sohasida aviaqatnovlar sonini 4 marta oshirish sohadagi asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.
Toshkent – Samarqand, Navoiy – Buxoro yo‘nalishlarida tezurar poyezdlar uchun qo‘shimcha temir yo‘llar qurilishi uchun barcha imkoniyatlar safar bar qilinadi.
Elektrlashgan temir yo‘llar ulushini 43 foizdan 65 foizga yetkazish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan manfaat keltiradi.
Temir yo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanishi sohada erkin bozor tamoyil lariga o‘tishning muhim omilidir.
Yirik 6 ta aeroport modernizatsiya qilinishi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkazilishi bu sohada raqobatni oshirib, yo‘lovchilarga qulayliklar yaratadi.
2030 yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sement- beton yo‘llarni qurish va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish choralari ko‘riladi.
Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida yangi avtomobil yo‘llarini qurishga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy qilamiz.
Xususiy sektor ishtirokida 56 ming kilometr yo‘llarni rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqib, amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Yo‘lovchi va yuk tashish hajmini 3 barobar ko‘paytirish sohadagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
2030 yilga qadar barcha aholi punktlarini toza ichimlik suv bilan ta’minlash muhim hayotiy masaladir. Buning uchun 2,5 milliard dollar ajratish bo‘yicha barcha moliyaviy imkoniyatlar safarbar etiladi.
Qishloq va ovullarni internet bilan to‘liq qamrab olib, uning tezligini 10 karra oshirish yuzasidan imkoniyatlar ishga solinadi.
Beshinchidan, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirib, iqtisodiyotimizga investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, bank tizimini isloh qilish engasosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
2030 yilgacha 250 milliard dollar investitsiyalar, shu jumladan, 110 milliard dollarni xorijiy investitsiyalar hisobiga, 40 milliard dollarni davlat-xususiy sheriklik doirasida jalb etish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.
Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini hozirgi 18 milliard dollardan 40 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq dasturlar amalga oshiriladi.
Bank tizimi islohotlari doirasida bank omo natlari hajmini 4 barobarga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi va banklarni xususiylashtirish tezlashtiriladi.
Bank bozoriga yana kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banki kirib kelishi hamda nobank moliyaviy xizmatlarini kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori hajmini 10 milliard dollarga yetkazish choralari ko‘riladi.
Xususiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish uchun barcha qonuniy asoslar yaratiladi.
Oltinchidan, xususiy sektor ulushini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz.
Temir yo‘l xizmatlari, avtomobil yo‘llari qurish va boshqarish, gaz va elektr yetkazib berishni xususiy sektorga o‘tkazish orqali raqobat muhiti yaratiladi.
Irrigatsiya, chiqindini qayta ishlash, ijtimoiy obyektlarda energetika va issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari keng joriy etiladi.
Xususiylashtirish dasturi doirasida davlat ulushi mavjud korxonalarni 6 barobarga kamaytirish bo‘yicha rejali ishlar amalga oshiriladi.
17 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinib, ushbu sohalarga xususiy sektor keng jalb etiladi. Kelgusida faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog‘liq sohalar davlat tasarrufida qoladi.
2030 yilga qadar iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish asosiy maqsadimiz bo‘ladi.
Yettinchidan, biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratishni bundan buyon ham davom ettiramiz.
Rasmiy sektor – nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Soliq tizimini soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalar oshirilmasligi qat’iy kafolatlanadi.
2024 yildan boshlab, yangi uy-joy sotib olgan aholiga qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi qaytarib beriladigan tizim joriy etiladi. Qurilishdagi hisob-kitoblar shaffof bo‘lishi ta’minlanadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotgan fermerlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizini qaytarish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi ularni yanada rivojlantirishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘ladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholiniishga olgan korxonalarga xodimining daromad solig‘ini qaytarib berish bunday toifadagi shaxslarning daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Vaqtida soliq to‘layotgan korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddati bir kun etib belgilanadi. Bunday korxonalarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi va ularga davlat xaridlarida ustunlik beriladi.
“Ochiq muloqot”lar orqali biznes muammolarini hal qilish, biznesga noqonuniy aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik va xususiy mulk daxlsizligi siyosati qat’iy davom ettiriladi.
Sakkizinchidan, 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligida bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga yetkazish sohadagi bosh maqsad bo‘ladi.
Hosildorlikni paxta bo‘yicha o‘rtacha 45-50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha – 80-85 sentnerga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Qo‘shimcha 300 ming gektar maydonlarni o‘zlashtirib, ularda intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etish rejalashtiriladi.
Sabzavot, poliz, kartoshka bo‘yicha mahalliy urug‘lik ta’minoti hozirgi 15 foizdan 50 foizga yetkazish borasidagi mavjud imkoniyatlar ishga solinadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmini hozirgi 8 foizdan 25 foizga oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaraymiz.
Agrotarmoqda 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi logistika markazini ishga tushirish choralari ko‘riladi.
Sohada eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishlariga mos holda rivojlantirish, tuproq va yaylovlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha Milliydastur qabul qilinadi.
Agrar sohaga jami 15 milliard dollar investitsiyalar jalb etish ushbu yo‘nalishni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
III. SUV RESURSLARINI TEJASh VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofazaqilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan. Shu bois, betakror tabiatimizni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga bezavol yetkazish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘ramiz.
Suv resurslari muammosi kelgusi o‘n yillikda mintaqamiz va mamlakatimiz uchun eng dolzarb masala bo‘lib qoladi. Bugungi kunda 70 foiz yerlar eski usulda sug‘orilmoqda, 60 foiz kanallar betonlanmaganligi oqibatida yiliga 16 milliard metr kub suv yo‘qotilmoqda. Shu sababli, sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarini jadallashtiramiz.
Birinchidan, 2030-yilga qadar ekin maydonlarini to‘liq suv tejaydigan texnologiyalarga o‘tkazish hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Dalalarga suv yetkazadigan obyektlar fermer va klasterlar boshqaruviga berilib, suv yetkazish tizimiga rivojlangan davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi.
Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada rag‘batlantiriladi. Bu borada 10 foizlik kredit ajratish, o‘z hisobidan joriy qilgan yer egalariga esa xarajatning 50 foizini qoplab berish tartibini joriy etish bo‘yicha ishlar jadallashtiriladi.
Ikkinchidan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada kengaytiramiz.
Yashil maydonlarni ko‘paytirish uchun yiliga 400 milliard so‘m ajratib borilishi aholi maskanlari, umuman, mahallalarda ekologik muhitni yaxshilaydi.
Davlat idoralari, korxonalar, oliygohlar ham o‘zining yashil bog‘larini tashkil qilishi zarur.
Yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh barpo etish majburiy talab qilib qo‘yiladi.
Uchinchidan, 2030-yilgacha respublikada ko‘kalamzorlashtirish darajasini 18 foizdan 30 foizga yetkazish aholini qulay ekologik muhitda yashashi uchun sharoit yaratadi.
Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni kelgusi yetti yilda 2,3 million gektarga yetka zish bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifa bo‘lib qola di.
Toshkent shahrida amal qilayotgan boshqaruv kompaniyalari faoliyatini boshqa hududlarda ham joriy etish maqsadga muvofiq.
Barcha qishloq va shaharlarni qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish, ularni qayta ishlashni esa kamida 65 foizga yetkazish atrof-muhit tozaligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muayan hududga yangi hokim tayinlanganda, o‘sha yerda ekologik audit o‘tkazish, natijalarini jamoatchilikka e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsa, hudud aholisi hokim oldiga suv va havo tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish darajasi bo‘yicha aniq masala qo‘ya oladigan tizim yaratiladi.
IV. QONUN USTUVORLIGINI TAЪMINLASh, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOShQARUVINI TAShKIL ETISh
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonga huquqiy davlat degan ta’rif berildi va shu asosda inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3 barobar ko‘paytirildi.
Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida xalq xizmatidagi davlatni barpo etish vazifasini Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri etib belgilaymiz.
4.1. Davlat boshqaruvi
Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqi chida “Davlat xizmatchisi avvalo xalq xizmatchisi bo‘lishi shart” degan g‘oya yuqori natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat boshqaruvi tizimini yaratishda biz olib borayotgan siyosatning asosiy talabi bo‘ladi.
Birinchidan, raqamlashtirish orqali burokratiyani bartaraf etish prinsipini hayotimizga jadal olib kiramiz.
Davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazilib, davlat boshqaruvida mavjud bo‘lgan minglab funksiyalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish aholi uchun yangi qulayliklarni yaratadi.
Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foyda lanish uchun murojaat qilishida arizani yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblar bekor qilinib, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratiladi.
Har bir mahallada elektron xizmat nuqtalari ishga tushirilib, mahallalar barcha masalalarni “bir qadam” tamoyili asosida hal etadigan maskanga aylantiriladi.
Davlat fuqarolik xizmati tizimini raqam lashtirish ishlarini jadallashtirishga alohida ahamiyat beriladi.
Ikkinchidan, ma’muriy islohotlarning yangi bosqichida joylardagi boshqaruvni o‘zgartirib, mahalliy kengashni xalqning chinakam ovoziga aylantiramiz.
Hokimning Kengashga rahbarlik vakolati bekor qilinishi ularning Kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo‘lishini, mas’uliyati va javobgarligi oshishini ta’minlaydi.
Mahalliy kengash deputatlar korpusinishakl lantirish tartib-taomillari qayta ko‘rib chiqiladi.
Hokim va mahalliy kengashning javobgarlik doirasi va aniq vazifalari belgilangan holda ular faoliyatida jamoatchilik ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Uchinchidan, aholi farovonligini ta’minlashda mahallani jamoatchilik va davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirishga alohida e’tibor qaratamiz.
Mol-mulk va yer soliqlari mahallada qolishi hisobiga, mahalla budjetida yiliga 3 trillion so‘m mablag‘ paydo bo‘ladi.
Kelgusi yillarda “Ochiq budjet”ga beriladigan mablag‘ni 3 karra oshirib, 24 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud.
Mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5-yilga uzaytirish bo‘yicha qonuniy asoslar yaratiladi.
To‘rtinchidan, ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, fuqarolarning axborotolish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini qat’iy kafolatlaymiz.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada qo‘llab-quvvatlab, ular uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Siyosiy partiyalar rolini oshirish, ular o‘z kuchi va imkoniyatlarini amalda to‘la namoyon etishi uchun aralash, ya’ni majoritar – proporsional saylov tizimi joriy etiladi.
4.1. Sud-huquq tizimi islohotlari
Qonun ustuvorligi, sud mustaqilligini oshirish va adolatni ta’minlashni ustuvor vazifa deb hisoblaymiz. Yangi O‘zbekistonda fuqaro va biznesning himoyachisi faqat qonun va sud bo‘lishiga erishamiz.
Birinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatib, odil sudlovga erishish darajasini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Tergovda shaxs huquqini cheklashga sanksiya berish masalasi alohida sudyalar tomonidan ko‘rib chiqilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Odamlarni “qamoqqa olib tergov qilish” amaliyoti kamaytiriladi, buning o‘rniga garov ehtiyot chorasidan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu masalada ayblanuvchi yoki himoyachi tomonidan sudlarga ehtiyot chorasini o‘zgartirish yuzasidan murojaat qilish imkoniyatlari kengay tiriladi.
Qamoqdagi shaxslardan olingan “aybni bo‘yniga olish” haqidagi ariza dalil sifatida qabul qilin masligi ta’minlanadi.
Ikkinchidan, jinoyat ishi qo‘zg‘atish va jazo berish bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqamiz.
Jabrlanuvchining iltimosiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan ham yarashish imkoniyati yaratiladi.
Jinoyat sodir qilgan shaxslar kelgusida tuzalish yo‘liga o‘tishi uchun muqobil jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari kengaytiriladi.
Uchinchidan, tadbirkorlar uchun jinoiy javobgarlikka oid qonunchilikni yanada liberallashtiramiz.
Soliqqa oid jinoyatlar bo‘yicha tadbirkor sud hukmi chiqqunga qadar zararni qoplasa, javobgarlikdan ozod etish tartibi joriy etiladi.
Tergov-sud jarayonida tadbirkorni himoya qi lishga Biznes ombudsman va Savdo-sanoat palatasini jalb etishga oid yangi tartib o‘rnatiladi.
V. YaNGI O‘ZBEKISTON – XAVFSIZ VA TINChLIKSEVAR DAVLAT
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchlik sevar tashqi siyosatni amalga oshirishi belgilan gan. Shundan kelib chiqib, uzoq va yaqin davlatlar bilan do‘stlik aloqalari va o‘zaro hamkorlikni barcha sohalarda rivojlantiramiz.
5.1. Tashqi siyosat
Biz ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishni davom ettiramiz.
Birinchidan, Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini faqat xalqimiz va davlatimizning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib boramiz.
O‘zbekistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi tashabbuslari xalqaro maydonda faol ilgari suriladi.
Qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlantiriladi.
Markaziy Osiyoda turli yo‘nalishlar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.
Ikkinchidan, xorijdagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularning yurtimiz taraqqiyotida faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit larni yaratib beramiz.
Xorijdagi vatandoshlarimiz orasida ona tili, milliy madaniyat va an’analarni targ‘ib etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘riladi.
Xorijdagi yurtdoshlarimizga dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Uchinchidan, tashqi mehnat migratsiyasi tizimini to‘liq isloh qilib, xorijga ishlash uchun borayotgan aholimizni kasbga va chet tillariga o‘qitish ko‘lamini kengaytiramiz.
Xorijda ishlash istagidagi yurtdoshlarimiz Yevropava Osiyoning yuqori haq to‘lanadigan mamlakatlariga ishga borishlari uchun davlat tomonidan ko‘mak berishtartibi joriy etiladi.
Murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi.
Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari davlatimiz, xalqimizning doimiy g‘amxo‘rligida bo‘ladi, ularning farzandlari o‘qishi va oliygohlarga kirishida ham yengilliklar beriladi.
5.1. Xavfsizlikni ta’minlash masalalari
Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab jarayonlar sharoitidabizning bosh maqsadimiz – O‘zbekistonning davlat mustaqilligi, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ladi.
Birinchidan, Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyatimiz va harbiy sa- lohiyatimizni yanada oshirish maqsadida milliy armiyamizni 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlaymiz.
Qo‘shinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasi da boshlangan ishlar jadal davom ettiriladi.
Ikkinchidan, harbiy-jangovar qudrat va yuksak ma’naviy salohiyatni O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylantiramiz.
Harbiy xizmatchilarimizni, maktab,texnikum va oliygohlarda o‘qiyotgan bolalarimizni, barcha yoshlarimizni tariximiz va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosi asosida tarbiyalash uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umum insoniy qadriyatlarga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish bo‘yicha alohida dastur asosida ish olib boriladi.
Davlatimiz ramzlari, xususan,bayrog‘imiz xonadonlarda ham hilpirab turishi uchun zarur huquqiy asoslar yaratilib, milliy g‘ururimiz timsoliga aylantiriladi.
Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Dunyoda qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar tobora kuchayib borayotgan, ertaga xalqaro vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo‘lmaydigan bugungi g‘oyat murakkab zamonda ko‘zlagan maqsadlarga erishish oson bo‘lmaydi.
Lekin o‘tgan davrda xalqimiz bilan katta safarbarlik ruhida ishlashni, aniq natijalarga erishishni o‘rgandik. Ilgari o‘n yillar kerak bo‘lgan yo‘lni qisqa muddatda bosib o‘tdik. Yetarlicha bilim va tajriba orttirdik. Jahonda qancha do‘st va hamkorlar topdik. Dunyo – bizga, biz dunyoga ochildik.
Eng muhimi, o‘zining necha ming yillik shonli tarixi davomida har qanday sinov va mashaqqatlardan yorug‘ yuz bilan o‘tib kelayotgan, mard va matonatli xalqimizbizga ishondi.
Endi ana shu ishonchni amaliy ishlarimiz bilan yanada mustahkamlash davri keldi. Agar ezgu maqsadlarimiz yo‘lida jipslashib, hammamizbir bo‘lib, astoydil harakat qilsak, men ishonaman, bundan ham katta marralarni zabt eta olamiz.
Men, olijanob, buyuk xalqimiz bilan birga yur timizda erkin va farovon hayot, inson qadri baland bo‘lgan yangi davlat, yangi jamiyatni barpo etishga qattiq bel bog‘laganman.
Bu yuksak mas’uliyatli vazifaniado etish yo‘lida o‘zimning bor kuch-g‘ayratim, bilim va tajribamni, kerak bo‘lsa, butun borlig‘imni bag‘ishlashga tayyorman.
El-yurtimizga farzandlik sadoqati bilan xizmat qilishdek buyuk e’tiqod doimo hayotimning ma’no-mazmuni bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatimizga, islohotlarimizga katta ishonch bildirib, meni hamisha qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ona xalqimga chin dildan ta’zim qilaman.
Aziz do‘stlar!
Oldimizda turgan keng ko‘lamli, g‘oyat serqirra va mas’uliyatli vazifalarni ado etishda bizga Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!