Yil boshidan beri o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga tashrif buyurdi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, 650,7 ming nafar o‘zbekistonlik Qirg‘iz respublikasiga, 422,0 ming nafari Tojikistonga, 255,7 ming nafari Qozog‘istonga safar qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Joriy yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. O‘zbekistonliklar 5 oy davomida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 650,7 ming nafar o‘zbekistonlik Qirg‘iz Respublikasiga, 422 ming nafari Tojikistonga, 255,7 ming nafari Qozog‘istonga safar qilgan.

Shuningdek, besh oy mobaynida Rossiyaga 65,1 ming nafar, BAAga 59 ming nafar, Turkiyaga 52,7 ming nafar, Saudiya Arabistoniga 24,4 ming nafar, Kuvaytga 20,7 ming nafar, Misrga 9,1 ming nafar, Ozarbayjonga 8,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-may oylarida 1,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida xorijga safar qilgan.