Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 km masofaga yugurgan o‘zbekistonlik hikoyasi

Yugurish ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyatining e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratishdir.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi ommaviy yugurish musobaqasi tashkilotchisi Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km 195 m masofani bosib o‘tdi.
Kulikov bu masofani 4 soat 9 daqiqa 53 soniyada bosib o‘tdi. Yugurish 17-iyun – Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Ekologiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Aral Eco marathon” marafoni doirasida o‘tkazildi.

“Eng qiyini 15 dan 42 kilometrgacha bo‘lgan masofa edi. Yuza qism yumshoq edi va oyog‘im doimo toyib ketaverdi. Bu kuchli yugurish bo‘ldi. Issiq va shamol esa qiyinchilikni kuchaytirdi. U har doim to‘xtamasdan esardi. Agar quloqchinlar bo‘lmaganida, keyinroq eshitish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lardi deb qo‘rqaman”, - dedi Kulikov.

Shuningdek, sportchining qo‘shimcha qilishicha, musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad jahon hamjamiyatining e’tiborini ushbu mintaqaning ekologik muammolariga qaratish va barchani sayyoramizni saqlab qolish uchun faol qadamlar tashlashga undashdir.