TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev UFC promousheni bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Uning ilk jangi 1-iyul kuni "UFC Fight Night" turniri doirasida braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi bo‘lishi kutilmoqda. Buni braziliyalik jangchi tasdiqladi.
Ro‘ziboyev professional faoliyati davomida 43 ta jang o‘tkazgan. Shundan 35 tasida g‘alabaga erishgan. U oxirgi 8 ta jangda g‘alaba qozonib kelmoqda.
Bruno Ferreyra esa 10 ta jang o‘tkazib, 10 tasida ham g‘alabaga erishgan.