Moskva Vashingtonni ogohlantirmoqda

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Moskva NATOni nazorat qiluvchi Vashingtonni qat’iy ravishda ogohlantirishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya AQShni xatoga yo‘l qo‘ymaslikka va Ukrainada NATO qo‘shinlarini joylashtirmaslikka chaqiradi. Buning xavfli oqibatlari bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov “RT International” telekanali efirida ma’lum qildi.
“Agar ularni qilishsa, bu ulkan tarixiy xato bo‘ladi... Shu bois biz NATOni nazorat qiluvchi AQShNi qat’iy ravishda ogohlantiramiz. Bu mamlakatlar nomidan kim gapirishidan qat’i nazar – sobiq yoki hozir amaldorlar – hammasi Vashingtonda hal etiladi. Biz Vashingtonni xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan keyingi muvaffaqiyatsizlik, keyingi xatolardan qat’iy ravishda ogohlantiramiz. Ukrainada hech qanday NATO qo‘shinlari bo‘lmasligi kerak”, - dedi diplomat.
Avvalroq NATOning sobiq bosh kotibi Fog Rasmussen, agar Vilnyusdagi sammitda Kiyev real kafolatlarni olmasa, alyansning ayrim mamlakatlari individual tartibda Ukrainaga qo‘shin yuborish istagini bildirishi mumkinligini aytgandi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev maxsus operatsiyani NATOning uzluksiz kengayishiga Rossiya javobi deb atagan edi va Ukrainani NATOga qabul qilish oqibatlaridan ogohlantirgan edi.