Baxtiyor Saidov BAA vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Ta’kidlanishicha, tomonlar O‘zbekiston – BAA aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muloqot o‘tkazgan.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vitse-prezidenti, bosh vaziri o‘rinbosari, prezident devoni vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar O‘zbekiston – BAA aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muloqot o‘tkazgan.
Vstrecha glavi MID Uzbekistana i vitse-prezidenta OAE
“O‘zbekiston – BAA aloqalarini yanada kengaytirish, iqtisodiy diplomatiyani ilgari surish, doimiy almashinuvlarni qo‘llab-quvvatlash, do‘stligimizni mustahkamlash yuzasidan samimiy muloqot o‘tkazdik”, - deb yozadi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saidov Abu-Dabida BAA tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan ham uchrashgan edi.