“Muddatlar aniq”: amerikalik razvedkachi Ukraina qachon mag‘lub bo‘lishini aytdi

Skott Ritterning fikricha, Rossiyaning javob zarbalari esa yangi hududlarni ozod qilish va ular atrofida bufer zona yaratish bilan yakunlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ukrainadagi jangovar harakatlarning asosiy bosqichi kuzga qadar yakunlanadi, dedi iste’fodagi amerikalik razvedkachi Skott Ritter "U.S. Tour of Duty" YouTube kanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning qarshi hujumga urinishlari barbod bo‘ladi, Rossiyaning javob zarbalari esa yangi hududlarni ozod qilish va ular atrofida bufer zona yaratish bilan yakunlanadi.
“Rossiya bu hujumni amalga oshirish uchun yetarli imkoniyatlarga ega, va o‘ylaymanki, muddatlar ham to‘g‘ri kelmoqda. Men har doim aytib kelganman: bu mojaroning harbiy jihati yoz oxiri – kuzning boshlarida yakunladi, bu muddatlar to‘g‘ri ekanligiga hali ham ishonchim komil”, — fikr bildirdi Ritter.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainalik harbiylar ularning Rossiya Qurolli kuchlarining mard va qahramon jangchilariga qarshi imkoniyatlari yo‘qligini tushunayotganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4-iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik zaxiralarni jalb qilishga qaramay, Ukraina harbiylari muvaffaqiyatsiz qarshi hujum qilishga urinayotganini qayd etgan.