TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkentda “Qozoq kinosi kunlari” boshlandi, deya xabar berdi Kinematografiya agentligi.
20-23 iyun kunlari O‘zbekistonda Qozog‘iston madaniyat kunlari o‘tkaziladi. Tadbir doirasida, Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida “Qozoq kinosi kunlari” boshlandi.
Qozoq kinosi kunlari “Sulton Beybars” to‘liq metrajli badiiy filmi namoyishi bilan ochildi.
Tomoshabinlar quyidagi qozoq filmlarini tomosha qilishlari mumkin:
"Dos-Mukasan"
"Paralimpiyachi"
“1941 yil yozi”
“Vatanparvarlar davri”
"Aman og‘aning daraxti"
“Alla”
“Startda”
“Kenja qiz”
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Qozog‘iston madaniyati kunlari doirasida filmlar namoyish etishdan tashqari, qozog‘istonlik san’at ustalari va ijodiy jamoalar ishtirokida gala-konsert ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.