Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi “Jiguli”ni urib yubordi

Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi "Jiguli"ni urib ketdi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavsizlikni ta’minlash departamenti xabar qildi.
Hodisa, bugun, 21-iyun kuni, soat 08:10 larda ro‘y bergan. Ma’lum qilinishicha, 6376-sonli Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi Qumqo‘rg‘on-Elbayan temir yo‘l bekatlari oralig‘ida ketayotgan vaqtida bu bekatlarning 10-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan "VAZ-2107" avtomashinasini urib yuborgan. Voqeaga mashina haydovchisi M.M.ning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yo‘lovchi poyezdi soat 08:12 da to‘xtab, soat 08:50da o‘z harakatini davom ettirgan.