Iste’molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi

2023 yil sentabrgacha barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Iste’molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi. Bu 20-iyun kuni qabul qilingan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Farmon bilan Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.
2030 yil yakunigacha vazirlikning quyi (tuman) bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi.
2023 yil sentabrgacha barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.