TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinni diktator deb atadi va AQSh osmonida havo shari bilan sodir bo‘lgan voqeaga ishora qildi. Bu haqda RIA Novosti Reuters agentligiga tayanib xabar berdi.
Oq uy rahbari Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqib, AQSh "josuslik uskunalari sharini" urib tushirganida XXR rahbarining "juda xafa bo‘lishiga" sabab "u yerda ekanligini bilmasligi" ekanligini aytdi.
"Bu diktatorlar uchun katta sharmandalik. Qachonki ular nima bo‘lganini bilmasalar. Bu sodir bo‘lgan joyda sodir bo‘lmasligi kerak edi. U (aerostat - tahr.) yo‘ldan adashib qoldi", deydi Bayden.
Shu bilan birga, kecha Amerika yetakchisi Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar “to‘g‘ri yo‘lda” ekanini, davlat kotibi Entoni Blinken va Si Szinpinning uchrashuvi taraqqiyotga olib kelganini aytgan edi.