AQShda yerto‘la tozalash paytida 800 ming qiymatga teng tanga topib olindi

Uning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, u taxminan 800 ming bir sentlik tanga, ya’ni taxminan 8 ming dollar bor.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Los-Anjelesda bir kishi yerto‘lasini tozalash vaqtida yuzlab bir tiyinlik tangalar bo‘lgan xazina topib oldi, deb yozadi The Washington Post.
Nashrning yozishicha, 41 yoshli Jon Reyes shahar markazi yaqinidagi eski uyni meros qilib olgan.
Yerto‘lada narsalarni saralash chog‘ida avvaliga kichik bir qop tanga, so‘ngra bir penni tangalar solingan bank qoplarini topib olgan.
U bir yil o‘tib ham tangalar sonini aniq hisoblay olmagan. Uning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, unda 800 ming bir sentlik tanga, ya’ni taxminan 8 ming dollar bor.
Avvaliga omadli kishi tangalarni yirikroq kupuralarga almashtirmoqchi bo‘ldi, biroq banklar bunday mayda qiymatdagi tangalarni qabul qilishdan bosh tortishdi.
Do‘stlari unga barcha tangalarni tekshirishni maslahat berishdi, chunki ular orasida o‘nlab yoki yuz minglab dollarga teng keladigan noyob qimmatbaho namunalar bo‘lishi mumkin.
Ammo 800 ming tangani tekshirish Reyes uchun juda qiyin vazifa bo‘lib chiqdi. U o‘z hikoyasini televizorda aytib berar ekan, xazinani 25 000 dollarga sotib olishni taklif qildi, ya’ni nominal qiymatidan uch baravar ko‘p.