Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Rossiya hududiga Storm Shadow raketalari bilan zarba bermoqchi — Shoygu

Mudofaa vaziri Shoygu: Ukraina Rossiya hududi, jumladan Qrimga Storm Shadow raketalari bilan zarba berishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hududiga, jumladan, Qrimga HIMARS va Storm Shadow qanotli raketalari bilan zarba berishni rejalashtirmoqda, dedi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu vazirlikning hay’at yig‘ilishida.
“Ushbu raketalarning maxsus harbiy operatsiya zonasidan tashqarida qo‘llanilishi AQSh va Buyuk Britaniyaning mojaroga to‘liq jalb etilishini anglatadi va Ukraina hududidagi qarorlarni qabul qilish markazlariga zudlik bilan zarbalar berilishiga olib keladi”, — dedi vazir.
May oyi boshida Buyuk Britaniya Ukrainaga Storm Shadow raketalarining partiyasini taqdim etdi. CNN telekanali xabariga ko‘ra, London Kiyevdan ular faqat "Ukraina suveren hududidagi" nishonlarga qarshi qo‘llanilishiga kafolat olgan. O‘shandan beri Ukraina QK ushbu raketalar bilan Rossiyaning yangi hududlariga bir necha bor hujum qilgan.
Storm Shadow — bu samolyotdan uchiriladigan ko‘rinmaydigan qanotli raketa. Bu Fransiya Matra va Britaniya Britaniya British Aerospace kompaniyasining birgalikdagi ishlanmasidir. Endi qurollar MBDA tomonidan ishlab chiqariladi. Amerikaning The Drive nashriga ko‘ra eksport variantlari diapazoni 250 kilometrni tashkil etadi, ammo 560 kilometrgacha bo‘lgan modifikatsiyalar mavjud.
Moskva G‘arbning harbiy yordami Ukraina uchun yaxshi natija bermasligi va faqat mojaroni cho‘zishini, qurol-yarog‘larni tashiydigan transport esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlab keladi.