Toshkent viloyatida ekologiya xodimi xizmat vaqtida pichoqlandi — tafsilotlar

Bemor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida inspektor xizmat vaqtida pichoqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 19-iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo‘limi boshlig‘i, davlat inspektori Muhammadjon Fozilov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlandi.

"Ayni damda inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bemor operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan", - deyiladi xabarda.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Xabarda aytilishicha, keyinroq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.