TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkentdagi ayrim tumanlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari".
Toshkentda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sabab yettita tumandagi 12 ta MFYning ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Chilonzor tumanining: "Qozirobod" hamda "Ko‘rkam" MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Yangihayot tumanining: "Xo‘jauchqun" va "Viqor" MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Shayxontohur tumanining: "Chorsu" va "Beltepa" MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumanining: "Nurliyo‘l" va "Zabardast" MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumanining: "Mirishkor" MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumanining: "Mevazor" va "Zakovat" MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Uchtepa tumanining: "Nishabariq" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Aytilishicha, elektr ta’minoti iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘chirilmoqda.