Kuchli shamol sababli ikkita viloyatda elektr energiyasi o‘chirildi

Ayrim viloyatlardagi iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Kuchli shamol esishi sababli Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari o‘chirildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Buning natijasida mazkur viloyatlardagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.
Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.