Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Narishkin nega G‘arb Ukrainaning qarshi hujumi mavzusini targ‘ib qilganini tushuntirdi

G‘arb davlatlari Kiyevning qarshi hujumi mavzusini ataylab media makonida “targ‘ib qilishgan”ining maqsadi — qurol-yarog‘ yetkazib berishni oqlash va ko‘pchiligi Ukrainadan “charchagan” NATO davlatlari birligini ta’minlash edi - Narishkin.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. G‘arb davlatlari Kiyevning qarshi hujumi mavzusini ataylab media makonida “targ‘ib qilishgan”ining maqsadi — qurol-yarog‘ yetkazib berishni oqlash va ko‘pchiligi Ukrainadan “charchagan” NATO davlatlari birligini ta’minlash edi, ma’lum qildi Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin.

“G‘arbliklar uchun Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumi mavzusini jahon axborot makonida targ‘ib qilish muhim edi. Unga haddan tashqari berilgan ahamiyat — jang oldidan ruhiy hujumning o‘ziga xos elementidir. Bundan tashqari, bu mavzuni doimiy ravishda bo‘rttirib ko‘rsatish Yevro-Atlantika totalitar liberal elitasiga Kiyevga qurol yetkazib berishni oqlash va aksariyati Ukraina hamda uning prezidentidan ancha charchagan NATO mamlakatlari birligini ta’minlash imkonini berdi”, — dedi Narishkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “kuluarlar”da ko‘plab g‘arblik tahlilchilar Ukraina avanturasi muvaffaqiyatiga jiddiy shubha qilishmoqda va Kiyev e’lon qilgan maqsadlarga “erishib bo‘lmaydi” deb baholamoqda.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “olov bilan o‘ynashmoqda”, deb ta’kidladi. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arbdan qurol-yarog‘ bilan ta’minlash Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.