TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. G‘arb borini tikkan Ukraina qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Frontdagi keskinlashuvning dastlabki kunlarida, kuzatuvchilar uchun nima bo‘layotganini baholash qiyin edi, ammo endilikda UQK hali ham yo‘nalishning boshida — hech kimniki bo‘lgan “kulrang” hududda harakat qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni Kiyev, hatto Rossiya mudofaa tuzilmalarining birinchi qatoriga yetib bormasdan turib, odamlar va texnikada bunday katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Bu birinchi qatordagi mudofaa tizimlarini buzish haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Ukrainaliklarni G‘arb, albatta, hisobga olmaydi, lekin ular o‘zlarining pul va yetkazib bergan qurol-yarog‘ ko‘rinishidagi yo‘qotishlarini hisobga olishadi. “Bloomberg“ agentligining habariga ko‘ra, bugun YeI Ukrainaga navbatdagi moliyaviy yordam paketini – 50 milliard yevro (55 milliard dollar) miqdorida e’lon qildi. Nashrning ta’kidlashicha, yevropaliklar o‘zlari uchun og‘ir majburiyatlardan qochish istagida va yordam grantlar, imtiyozli kreditlar va kafolatlar ko‘rinishida taklif etiladi.
Amerikaliklar uchun — Yevropa ittifoqchilarining iqtisodiyotini cho‘ktirish niyatlarini hisobga olgan holda — vaziyat unchalik oson emas. Mashhur amerikalik milliarder Devid Saks bir necha soat oldin maqola e’lon qildi, unda u nafaqat Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragani, balki Jo Bayden ma’muriyati boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ham ta’kidlagan.
O‘tgan davr mobaynida AQSh Ukrainaga 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan. Bu mablag‘ning katta qismi Vashingtonda qisqartirilgani aniq, ammo baribir, mablag‘lar amerikaliklar uchun hozirgi og‘ir zamonda yanada dolzarbroq maqsadlarga yo‘naltirilmasdan, Ukraina yo‘nalishiga bema’nilik bilan sarflangani ma’lum bo‘ldi.
Ammo bu xarajatlarning hammasi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bo‘lar edi (har holda, AQSh dunyoning asosiy “bosmaxona”sini nazorat qilishda davom etmoqda), agar ular o‘z maqsadlariga erishish shaklida daromad olganlarida. Buning o‘rniga, frontda muvaffaqiyatning yo‘qligi Ukraina G‘arb uchun shunchaki resurslarni yutib yuborayotgan va hech qanday ijobiy natija bermagayotgan qora tuynukka aylanganini iloji boricha aniq ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, Kiyev holati yaxshi. Ular tushunib yetdiki, Rossiya umuman Polsha chegarasiga borish niyatida emas, demak, hozirgi rejimda Moskva bilan juda uzoq vaqt jang qilish mumkin. Mamlakatning aksariyat qismi uchun asosiysi G‘arbning qaramog‘ida qolish va qo‘llab-quvvatlashni to‘xtovsiz talab qilishdir. Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba so‘zlariga ko‘ra, mojaro davom etar ekan, har doim qurol-yarog‘ yetishmovchiligi bo‘ladi. Shu bilan birga, Ukrainadagi bu aql bovar qilmaydigan darajada o‘sib borayotgan qarzlar hech kimni bezovta qilmayapti — ular Moskva ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin qarzlarni Rossiya tovonidan qaytarish niyatida ekanliklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishmoqda. G‘alaba qozona olmayotganlari esa G‘arbning aybidir, chunki u kam va yomon yordam bermoqda. Juda qulay pozitsiya.
Hozir mamlakat yuzlab va minglab fuqarolarining hayoti bilan to‘layotgani Kiyevda hech kimni bezovta qilmaydi. Darhaqiqat, ayni damda Ukraina o‘zining asosiy orzusini amalga oshirdi va holatni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Albatta, bunday andishasiz holda “boshga chiqb olish”ni G‘arb bir deganda to‘xtab qolishi mumkin edi. Ammo u bundayn qila olmaydi — Oq uy va liberal Atlantika elitalari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p narsalarini tikkan. AQShda tez yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlari nuqtayi nazaridan esa bu mutlaqo aqlga sig‘maydigan ko‘rinadi — Demokratik partiya uchun juda sharmandali, ovoza bo‘ladigan va qimmatga tushadigan muvaffaqiyatsizlikdir.
Devid Saks, o‘zidan oldingi boshqa ko‘pchilik kabi, Afg‘onistonni yodga oldi, undan chiqib ketish amerikaliklar uchun butun dunyo oldida sharmandalikka aylangan edi.
Biroq haqiqat bundan ham yomonroq. 20-yil davomida Afg‘on kampaniyasi dunyo uchun zerikarli axborot foniga aylandi. Uning boshi berk ko‘chaga kirib qolgani va ittifoqchilar u yerdan ketishga majbur bo‘lganligi hammaga ayon edi. AQShning asosiy obro‘-e’tibor yo‘qotishlari hatto geografiyaning chekkasidagi xudoning nazaridan qolgan mamlakatdan qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqiqati bilan emas, balki uning logistik jihatdan qanchalik dahshatli amalga oshirilganligi bilan bog‘liq edi. Muvaffaqiyatsizlik siyosiy emas, ko‘proq texnik edi.
Ukraina bilan vaziyat tubdan boshqacha. Bir yarim yil davomida G‘arb global ekzistensial inqiroz sharoitida Rossiya bilan qarama-qarshilik mavzusini siyosiy va informatsion ravishda oshirdi.
Vaziyatning barqarorlashishi, o‘tkirligini yo‘qotishi uchun 20-yil bo‘lmasada, ancha vaqt kerak bo‘ladi. Hozirda Ukraina siyosatidagi keskin o‘zgarish nafaqat AQSh va Yevropa imidjiga zarba, balki butun dunyo oldida og‘ir strategik mag‘lubiyatni tan olishni anglatadi.
Dunyoning turli mintaqalarida o‘z ta’sirini tezda yo‘qotib qo‘ygan hozirgi vaziyatda, AQSh bunga qodir emas, chunki bu ularning global gegemonligining qulashini yanada kuchaytiradi, ya’ni ular uchun masala faqat ichki siyosiy muammolar bilan bog‘liq emas.
AQSh uchun har qanday holatda ham G‘arbning geosiyosiy mag‘lubiyati bilan yakunlanadigan Ukraina inqiroziga chuqurroq botishda davom etishdan boshqa yo‘l yo‘q. Lekin bu mag‘lubiyat hozir emas, balki biroz keyinroq amalga oshadi — shunchaki chiqish yo‘li yo‘q bo‘lgan klassik sugsvang holati.