TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 19 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan.
Qizning ahvoli qoniqarli bo‘lib, hozirda shifoxonada davollanmoqda.
Prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.