TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. 18-iyun kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani Yangi Darxon mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning lifti texnik nosozlik tufayli uzilib tushgan, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Xabarga ko‘ra, lift yuk tashish uchun mo‘ljallangan va yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1 qavatga yaqinlashganda avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan.
Shu payti unda 11 nafar fuqaro bo‘lgan va turli darajada yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda 8 nafar fuqaroga uyiga javob berilgan, 3 nafar fuqaroga esa tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.
Voqea joyiga FVV xodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, prokuratura hamda SSV hodimlari chiqishgan.