O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam olishadi — aniq sanalar

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilangan.
"Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, yurtimizda 2023-yil 28 iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23-dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoni bilan ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 2023-yilning 29-30 iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1-iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin", - deyilgan hujjatda.
O‘zbekiston asosiy yangiliklari Telegram-kanalimizda — Obuna bo‘ling va tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Iyunda dam olish va bayram kunlari
Mavzuga doir:
Qurbon hayiti tarixi va ahamiyati
Qurbonlik odoblari va shartlari: qanday jonliq so‘yiladi, qurbonlikning so‘nggi vaqti
Qurbon hayiti arafasida qo‘y narxi oshadimi – mutaxassis fikri