O‘zbekistonlik kurashchilar qit’a birinchiligini to‘qqizta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yosh toifasidagi bellashuvlarni 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 9 ta medal bilan yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonda sport kurashlari bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqani yakunlab bergan erkin kurash bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Chempionatning -74 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Begijon Kuldashev kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek, Nodir Rahimov (-70 kg) hamda Namoz Abdurashidov (-125 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yosh toifasidagi bellashuvlarni 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 9 ta medal bilan yakunladi.