TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Odessada kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Ukraina mahalliy nashrlari.
Avvalroq Ukrainaning “Strana.ua” nashri Zaporojye viloyatining Kiyev nazoratidagi qismida sodir bo‘lgan portlashlar haqida xabar bergan edi.
“Odessada kuchli portlash yuz berdi”, — deyiladi TSN telekanali xabarida. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“Ukrinform” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporojye shahrida kuchli portlashlar sodir bo‘lgan.
Ukrainaning Sumi, Dnepropetrovsk, Nikolayev va Odessa viloyatlarida, shuningdek, Zaporojye viloyatining Kiyev nazoratidagi qismida havo ogohlantirishi e’lon qilingan. Bundan Ukraina raqamli transformatsiya vazirligi onlayn xaritasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ogohlantirish signali Sumi viloyatida soat 00.44 da (Moskva vaqtiga to‘g‘ri keladi), Zaporojye viloyatining Kiyev nazoratidagi qismida soat 01.17 da va Dnepropetrovsk viloyatida soat 01.47 da jaranglay boshladi. Bundan tashqari, soat 01.59 da Ukrainaning Odessa va Nikolayev viloyatlarida havo hujumi signali bo‘lgan.
Rossiya harbiylari Ukraina infratuzilmasiga zarba berishni 10-oktabr kuni, Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Qrim ko‘prigidagi amalga oshirilgan teraktdan ikki kun o‘tib boshladi. Zarbalar butun mamlakat bo‘ylab energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa vositalariga berilmoqda. O‘shandan beri Ukraina hududlarida har kuni, ba’zan butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirishlar e’lon qilinmoqda.